Foto: Navoiy viloyati hokimi o‘rnini yoshlar “egalladi”

Jamiyat

image

Kecha, 23 dekabr kuni Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov “Yoshlar festivali” doirasida Yoshlar parlamenti a’zolari, viloyat sardorlar Kengashi vakillari, yoshlar yetakchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqida faoliyat yuritayotgan bir guruh ko‘ngillilar bilan uchrashidi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Qobul Tursunov yoshlarga hokim kursisiga o‘tirish va uning salobatini his qilishga imkon bergan.

“Ular hokimlikning barcha mas’uliyati, og‘ir-yengilini to‘la his etishlari uchun hokim o‘rnida “topshiriqlar” berishga ham ruxsat etildi”, deyiladi xabarda.

Har bir topshiriq ijrosidan kelib chiqib, uning maqsadi, ishlash mexanizmi va negizidagi muammo-yechimlari yuzasidan xulosalar berilgan.

Qobul Tursunov O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri yoshlarni bilimli, salohiyatli, dunyoqarashi keng insonlar bo‘lib yetishishini ta’minlashdan iborat ekanligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qobul Tursunov

Baholaganlar

258

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing