Yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi Jahon kubogi finaliga chiqdi
Sport
−
05 aprel
49725 aprelga o‘tar kechasi World Boxing tashkiloti tomonidan Braziliyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi va 3 nafar o‘zbek bokschisi hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi.
-55 kg vaznda Mirazizbek Mirzahalilov gvatemalalik Jose Felipedan ustun keldi.
-80 kg da Javohir Ummataliyev Qozog‘iston vakili Dias Moljigitovni mag‘lub etib, oltin medal uchun jang qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
-85 kg vaznda Akmaljon Isroilov polshalik charm qo‘lqop ustasi Yakub Strashevskini mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi.
Bugun, 5 aprel kuni final janglari bo‘lib o‘tadi va 7 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi. O‘zbekiston bokschilarining finallardagi ishtirokini Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da -50 kg vaznda Asilbek Jalilov boshlab beradi.
Final juftliklari:
-50 kg: Asilbek Jalilov - Niki Kummings (Fransiya) 23:00;
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kauye Belini (Braziliya) 23:30;
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Daulet Tulemissov (Qozog‘iston) 23:45;
-90 kg: To‘rabek Habibullayev - Isaak Okoh (Angliya) 00:00;
--55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Nursultan Altinbek (Qozog‘iston) 04:00;
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Vanderley Perreyra (Braziliya) 04:45;
+90 kg: Jahongir Zokirov - Damar Tomas (Angliya) 05:00.
LiveBarchasi