O‘zbekistonlik bokschi IBA kamari uchun da’vogarlik jangida qatnashadi

Sport

image

Ertaga, 16 fevral kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida boks bo‘yicha IBA Champions Night turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirda O‘zbekiston vakili Mirazizbek Mirzahalilov eliminator jangida ringga ko‘tariladi.

Yarim yengil vaznda Mirzahalilovga profboksda hali mag‘lubiyatga uchramagan meksikalik Luis Rodriges raqiblik qiladi. G‘olib jangchi IBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi.

Janglar ro‘yxati:

Sharobiddin Atayev (Rossiya) - Alfonso Gominges (Ozarbayjon) IBA chempionlik kamari uchun;

Shavkat Rahimov (Tojikiston) - Eduardo Nunes (Meksika) yengil vazn IBF eliminator jangi;

Mirazizbek Mirzahalilov (O‘zbekiston) - Luis Rodriges Okana (Meksika) yarim yengil vazn IBA eliminator jangi;

Bahodir Usmonov (Tojikiston) - Lal Chu In (Tayvan) yengil vazn IBF Osiyo kamari uchun;

Muhammad Yoqubov (Tojikiston) - David Chalabiyev (Ozarbayjon) reyting jangi;

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Mirzahalilov profboksda jami 4 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U oxirgi jangini o‘tgan yilning noyabr oyida Toshkentda xitoylik Runki Jouga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongandi. Uning ertangi raqibi Luis Rodriges esa profringda 15 ta jang o‘tkazgan va hali mag‘lubiyatga uchramagan. Rodriges ham oxirgi marta o‘tgan yilning noyabr oyida ringga ko‘tarilib, nikaragualik raqibini hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Mirazizbek Mirzahalilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing