Bugun Jahon chempionatida 4 nafar o‘zbek bokschisi ringga ko‘tariladi
Sport
−
02 aprel 2025 7501 1 daqiqa
Bugun, 2 aprel kuni World Boxing tomonidan Braziliyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Kun dasturidan Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilovning janglari o‘rin olgan.
Osiyo chempionlari Iqboljon Xoldorov va Javohir Ummataliyev ham bugun o‘z janglarini o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik bokschilarning janglari Toshkent vaqti bilan 23:15 da start oladi. Mirazizbek Mirzahalilov O‘zbekiston vakillarining kun dasturidagi yurishini boshlab beradi.
Janglar:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Nikolas Pavlik (Polsha) 23:15;
-70 kg: Iqboljon Xoldorov - Odel Kamara (Angliya) 00:00;
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Yuri Reys (Braziliya) 03:00;
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Robbi Gonsales (AQSH) 04:00.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025