Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi Jahon kubogi finaliga chiqdi

Sport

image

5 aprelga o‘tar kechasi World Boxing tashkiloti tomonidan Braziliyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi va 3 nafar o‘zbek bokschisi hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi.

-55 kg vaznda Mirazizbek Mirzahalilov gvatemalalik Jose Felipedan ustun keldi.

-80 kg da Javohir Ummataliyev Qozog‘iston vakili Dias Moljigitovni mag‘lub etib, oltin medal uchun jang qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

-85 kg vaznda Akmaljon Isroilov polshalik charm qo‘lqop ustasi Yakub Strashevskini mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi.

Bugun, 5 aprel kuni final janglari bo‘lib o‘tadi va 7 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi. O‘zbekiston bokschilarining finallardagi ishtirokini Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da -50 kg vaznda Asilbek Jalilov boshlab beradi.

Final juftliklari:

-50 kg: Asilbek Jalilov - Niki Kummings (Fransiya) 23:00;

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kauye Belini (Braziliya) 23:30;

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Daulet Tulemissov (Qozog‘iston) 23:45;

-90 kg: To‘rabek Habibullayev - Isaak Okoh (Angliya) 00:00;

--55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Nursultan Altinbek (Qozog‘iston) 04:00;

-80 kg: Javohir Ummataliyev - Vanderley Perreyra (Braziliya) 04:45;

+90 kg: Jahongir Zokirov - Damar Tomas (Angliya) 05:00.


Maqola muallifi

Teglar

Mirazizbek Mirzahalilov Javohir Ummataliev Akmaljon Isroilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing