Mirazizbek Mirzahalilovning jangi to‘liq davom etdi

Sport

image

Bugun, 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da bo‘lib o‘tayotgan professional boks oqshomida ringga ko‘tarilgan uchinchi o‘zbekistonlik bokschi ham g‘alabaga erishdi. Navbatdagi jangda Mirazizbek Mirzahalilov xitoylik Runki Jou bilan kuch sinashdi.

8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq va murosasiz kechdi, uning g‘olibi esa hakamlar qarori bilan aniqlandi. 

Unga ko‘ra, yakunda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Mirazizbek Mirzahalilov ochkolar hisobi bilan Runki Jouni mag‘lub etgan, deb topildi va qo‘li baland ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, Mirzahalilov bunga qadar professional boksda 3 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan. U so‘nggi jangini joriy yilning 16 iyun kuni Toshkentda Qozog‘iston vakili Nurslon Sobirovga qarshi o‘tkazib, 4-raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishgan edi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq -57,1 kg vazn toifasida ukrainalik Aleksandr Yegorovga qarshi ringga ko‘tarilgan Abdumalik Xalokov ham texnik nokaut evaziga g‘olib bo‘lgan edi. Undan so‘ng esa Tanzaniya vakili Maono Alliga qarshi ringga ko‘tarilgan Qudratillo Abduqahhorov ham muddatidan oldin g‘alaba qozondi


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Mirazizbek Mirzahalilov Runki Jou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing