O‘zbekistonlik bokschilarning bugungi ishtiroki qanday o‘tdi?
Sport
−
28 Oktabr 2021
7812Bugun, 27 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kungi bahslari o‘tkazildi. Unda 3 nafar Farg‘ona boks maktabi vakillari ringga ko‘tarildi.
Dastlab 57 kg vazn toifasida Jahon chempioni (2019) Mirazizbek Mirzahalilov AQSH vakili Jamal Xerliga qarshi ringga ko‘tarilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Biroq Mirzahalilov jang davomida ustunlikka erishgan edi.
+92 kg vaznda harbiy bokschilar ishtirokida Jahon chempioni Lazizbek Mullajonov Eron vakili Puria Amiriga qarshi ringga ko‘tarildi va ishonchli g‘alabaga erishdi. 22 yoshli farg‘onalik bokschi keyingi bosqichda britaniyalik Delishes Orega qarshi bahs olib boradi.
O‘zbek bokschilarining bugungi ishtirokini yakunlab bergan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (67 kg) Falastin vakili Ahmed Xarara bilan “hisob-kitob” qildi va katta ustunlik bilan g‘alabaga qozondi. Mo‘ydinxo‘jayev keyingi bosqichda yaponiyalik Sevonret Okazavaga qarshi ringga ko‘tariladi. Farg‘onalik bokschi ilk jangida irlandiyalik Brendan Makkiverni mag‘lub etgan.
Shu tariqa to‘liq tarkibda (13 vazn) ishtirok etgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalarining 10 nafari o‘z yurishini davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar davom etadi.