Boks afsonasi Krouford faoliyatini yakunladi
Sport
−
17 dekabr 1932 2 daqiqa
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, amerikalik Terens Krouford professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Men buyuk inson sifatida ketyapman. Isbotlash uchun endi hech narsam qolmadi”, deb yozdi Krouford.
Shuningdek, u YouTube-kanalida joylashtirilgan videoda boksdagi yo‘li, erishgan yutuqlari va mag‘lubiyatsiz faoliyatini yakunlayotgani haqida gapirdi.
“Men bu sportga bor kuchimni berdim. Eng kuchlilar bilan jang qildim, vazn toifalarida yuqoriga ko‘tarildim va o‘z shartlarim bilan tarixga kirdim. Uch karra mutlaq chempion. Beshta vazn toifasida jahon chempioni. Qisqartirilgan yo‘llar yo‘q. Bahonalar yo‘q.
Bu boks bilan xayrlashuv emas – bu minnatdorchilik. Oilamga, jamoamga, shahrimga va bu yo‘lda men bilan birga bo‘lgan barcha muxlislarga rahmat. Bugungi inson bo‘lishimga sabab bo‘lgan sportga tashakkur. Qo‘lqoplar yechildi, ammo meros abadiy. Tarix hech qachon ortda qolmaydi”, deydi Krouford.
Krouford joriy yilning sentyabr oyida meksikalik Saul “Kanelo” Alvares ustidan qozonilgan g‘alaba orqali super o‘rta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan edi. Shu tariqa, amerikalik bokschi tarixda uchta vazn toifasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk bokschiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining boshida WBC tashkiloti Terens Krouford boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioni unvonidan mahrum etilgandi. Tashkilot uni chempionlik badalini to‘lamagani sabab kamaridan mahrum qilgan edi.
Live
Barchasi