Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni otib o‘ldirildi

Sport

image

Janubiy afrikalik bokschi, ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Zolani Tete 38 yoshida Janubiy Afrikada otib o‘ldirildi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fojia kecha, 21 avgust kuni kechqurun Sharqiy Keyp provinsiyasining Mdantsane shahrida sodir bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Tete uyiga yaqinlashib, darvoza ochilishini kutayotganida, ikki nafar qurollangan shaxs unga hujum qilgan.

Tete hovliga kirishga uringan, ammo olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Uning 27 yoshli sherigi esa bir necha o‘q jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hujumchilar voqea joyidan qochib ketgan.

Ma’lumot uchun, Tete faoliyati davomida Jahon boks tashkiloti (WBO)ning yengil vazn toifasidagi hamda Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) super yengil vazn toifasidagi jahon chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan.

2017 yil 18 noyabr kuni u vatandoshi Siboniso Gonyani 11 soniyada nokautga uchratib, jahon chempionlik jangidagi eng tezkor nokaut rekordini o‘rnatgan.

Tete 2022 yildan buyon rasmiy janglarda ishtirok etmagan. U dopingga qarshi qoidalarni buzgani uchun olgan to‘rt yillik diskvalifikatsiyasini iyul oyida o‘tab bo‘lgan va shundan so‘ng professional ringga qaytishni rejalashtirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing