Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
13 dekabr 2694 1 daqiqa
Bugun, 13 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA Jahon chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -67 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, rossiyalik Evgeniy Koolni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, navbatdagi finallarda qatnashadigan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati quyidagicha:
- -80 kg: Javohir Ummataliyev;
- -92 kg: To‘rabek Habibullayev;
- +92 kg: Arman Maxanov.
Shuningdek, -54 kg toifasidagi bahslarda qatnashgan Asilbek Jalilov, -75 kg toifasida Fazliddin Erkinboyev, -57 kg toifasida Xo‘janazar Nortojiyev musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Abdumalik Xalokov -60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda rossiyalik Vsevolod Shumkovga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov -51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda rossiyalik Bair Batlayevni 4:1 hisobida mag‘lub etgandi va ikki karra jahon chempioniga aylangandi.
Live
Barchasi