Yana 188 nafar Rossiya fuqarosi O‘zbekistonni tark etdi

Olam

image

Bugun, 19 mart kuni “Aeroflot” aviakompaniyasi 188 rossiyalikni maxsus reys bilan Toshkentdan Moskvaga olib uchdi. Bu haqda O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Aeroflot”ning ikkinchi maxsus reysi 19 mart kuni Toshkentdan Sheremetevoga mahalliy vaqt bilan soat 5:30 da (Moskva vaqti bilan soat 3:30) uchgan. Samolyotda Rossiyaning 188 fuqarosi bo‘lgan”, deb ma’lum qilgan elchixona vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda 20-21 mart kunlari Toshkent-Moskva yo‘nalishida Rossiya fuqarolarini olib ketish bo‘yicha muzokaralar bormoqda.

Kecha, 18 mart kuni “Aeroflot” aviakompaniyasi maxsus reys bilan 282 nafar rossiyalikni Toshkentdan Moskvaga olib ketdi. Bunga koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonning aviaqatnovlarni to‘xtatgani sabab bo‘ldi. 

16 mart, dushanba kuni RFning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati O‘zbekistonni tark etish istagida bo‘lgan ruslar uchun maxsus reyslar tashkil etish ustida ish olib borilayotgani va yo‘lovchilar ro‘yxati tuzilayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 23 nafarga yetdi. 

Dunyo miqyosida esa 219 584 nafar bemor bor. Infeksiya yuqtirib olgan 8928 kishi vafot etgan. 84 801 kishi to‘la sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston koronavirus

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing