Ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan ötkazişda 75 foizlik çegirma beriladi

Jamiyat

−

image

Endi ta’lim taşkilotining murojaati asosida davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun bazaviy yiğim miqdori 4 barobar kamaytirilişi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi joriy yilning 31 oktyabr kuni röyxatdan ötkazgan Ta’lim taşkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun yiğimlar miqdori va ularni hisoblaş tartibi töğrisidagi nizomga qöşimça kiritiş haqidagi 3739-1-sonli hujjatda belgilandi. 

Qarorga köra, ta’lim taşkilotining murojaati asosida davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun bazaviy yiğim miqdori 4 barobar kamaytirilişi mumkin. Bunda bazaviy yiğimning 25 foizi undiriladi.

Mazkur imkoniyat quyidagi holatlardan biri mavjud bölganda qöllaniladi:

1. Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari yoki Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş uçun tegişli ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş zarurati yuzaga kelganda;

2. Ta’lim taşkilotidagi amaldagi ta’lim dasturlarining kamida 50 foizi Özbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya taşkilotlari reyestriga kiritilgan taşkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilgan va mazkur natijalardan foydalaniş baholaş işlari hajmini qisqartiriş imkonini berganda;

3. Maxsus davlat akkreditatsiyasini masofaviy şaklda ötkaziş imkoniyati mavjud bölganda;

4. Bir vaqtning özida 10 ta va undan ortiq ta’lim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun murojaat qilinganda;

5. Turdoş ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan ötkazişda umumiy moddiy-texnika bazasi, kadrlar yoki boşqa infratuzilmani takroran baholaş talab etilmasligi natijasida akkreditatsiya işlari hajmi qisqarganda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing