Yaman qirg‘oqlari yaqinida kema halokati oqibatida 13 muhojir halok bo‘ldi

Olam

image

Yaman qirg‘oqlarida muhojirlar qayig‘ining cho‘kib ketishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, yana kamida 14 nafar qochqin bedarak yo‘qoldi. Bu haqda BMTning Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) ma’lum qildi.

“O‘lganlar orasida 11 erkak va 2 ayol bor. Qurbonlarning jasadlari Dubob tumanidagi Al-Sho‘ra yaqinidagi Bab al-Mandeb qirg‘og‘ida topildi”, deyiladi XMT saytida.

Tashkilot Afrika davlatlari va Yaman o‘rtasidagi migratsiya yo‘li dunyodagi eng xavfli yo‘llardan biri bo‘lib qolayotganini eslatdi. Biroq, qochqinlar bu yo‘l bo‘ylab o‘tishda davom etmoqda. XMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil uchun Afrikadan Yamanga 97 ming muhojir kelgan.

20 avgust kuni Yaman qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan qayiq ag‘darilib ketdi. Kemada 25 nafar jibutilik bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 avgust kuni erta tongda Italiyaning Sitsiliya viloyatidagi Palermo shahri qirg‘oqlarida bortida 22 kishi bo‘lgan 50 metr yelkanli qayiq cho‘kib ketgan, oqibatda 7 kishi bedarak yo‘qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika XMT Yaman muhojirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing