Yaxshi niyat elchisi Priyanka Chopra dunyoga murojaat bilan chiqdi

Olam

image

BMTning yaxshi niyat elchisi va Bollivud yulduzi Priyanka Chopra dunyo hamjamiyatini Turkiya va Suriyadagi dahshatli zilzilalardan jabr ko‘rganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga chaqirdi. 

“Bu favqulodda chaqiriq. Turkiya va Suriyadagi bolalar va oilalar bizning yordamimizga muhtoj. Bu odamlarning boradigan joyi yo‘q, ular zudlik bilan dori-darmonlar, chodirlar, ichimlik suvi, oziq-ovqat va gigiyena vositalariga muhtoj”, deydi taniqli shaxs UNICEF Instagram sahifasida tarqatilgan videoda. 

Aktrisaning ta’kidlashicha, UNICEF allaqachon ofat zonasida jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda.  

“Sizning yordamingiz bilan bizning yordamimiz yanada ko‘proq odamlarni qamrab oladi. Keling, kuchlarimizni birlashtirib, ularga yordam beraylik”, deya qo‘shimcha qildi BMTning yaxshi niyat elchisi. 

Avvalroq Chopra ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy akkauntlari orqali Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlariga yordam berishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila Priyanka Chopra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing