Yaxshi futbolchilarsiz “tiki-taka” haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas – Kuman

Sport

image

“Barselona”ning o‘yin uslubi o‘zgaryapti va an’anaviy “tiki-taka” uchun ijrochilar yetarli emas. Klub bosh murabbiy Ronald Kuman “Granada”ga qarshi o‘yindan keyin shunday fikr bildirdi.

“Jamoa tarkibini ko‘rib chiqishda nimalarga e’tibor berish kerakligini yaxshi bilaman. Maydon markazida bo‘shliq va yakka kurashlarda g‘alaba qozonadigan yoki yuqori tezlikda o‘ynaydigan futbolchilar bo‘lmasa, “tiki-taka” o‘ynash haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bu haqda boshqa narsa demayman, chunki hech kim bilan bahslashishga vaqtim yo‘q”, deydi Kuman.

“Barselona” va “Granada” o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Raqiblaridan bitta kam o‘yin o‘tkazgan “ko‘k-anorranglilar” 4 o‘yindan so‘ng, 8 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 7-pog‘onasini egallab turibdi. “Granada” 17-o‘rinda bormoqda va jamoa hisobida 2 ochko mavjud.

Avvalroq, “Barselona” prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqarmoqchiligi haqida xabar bergan edik. Laporta jamoaga “Yuventus” sobiq ustozi Andrea Pirloni bosh murabbiy etib tayinlashni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, aslida “tiki-taka” an’anaviy fikrlash tarzidan voz kechib, maydon bo‘ylab harakatlanishni o‘z ichiga oladigan uslub hisoblanadi. Qisqa pas va to‘pning maydonning turli sohalarida harakatlanishiga, shuningdek, doimo to‘pga egalik qilishga asoslangan ispan futbol taktikasidir. “Barselona”da shunga o‘xshash uslub Pep Gvardiola boshchiligida ishlab chiqilgan. Uning ildizlari 1990 yillarning boshlarida Yoxan Kroyf tomonidan “Barselona”ga joriy etgan o‘yin uslubiga borib taqaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona La Liga Ronal'd Kuman Joan Laporta

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing