“Barselona”ga qarşi Negreyra işi rasman yopildi

Sport

−

image

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Hakamlar texnik qömitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra bilan boğliq “Barselona”ga qarşi intizomiy iş rasman yopildi. Bu haqda “Cadena SER” naşri xabar berdi.

Naşr ma’lumotiga köra, “Barselona”ning sobiq futbolçisi Jerar Lopes va “Barselona Atletik” yoşlar jamoasining sobiq vakili Toni Alonso keça, 13 noyabr kuni ertalab körsatma bergan. Har ikkisi ham Negreyraning öğli tomonidan tayyorlangan hisobotlar foydali bölganini tasdiqladi. Ularning körsatmalaridan söng, “Barselona” işni rasman yakunlaş uçun bir neçta moliyaviy hisobotlarni taqdim etişi kerak.

2023 yilda “Barselona” Negreyraga tölovlarni amalga oşiriş orqali pora berişda ayblangan edi. OAV ma’lumotlariga köra, 2001-2018 yillar davomida Negreyra “Barselona”ga hakamlik masalalari böyiça maslahat bergani uçun taxminan 7 million yevro olgan.

“El País” naşri xabar berişiça, Hakamlar texnik qömitasi sobiq vitse-prezidentiga tegişli kompaniya klub ofisiga konvertlar yetkazib bergan. Ularda yozma hisobotlar hamda “Barselona”ning navbatdagi La Liga yoki Ispaniya Kubogidagi uçraşuvini boşqarişi rejalaştirilgan hakamning videosi bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Real Madrid” UEFA ştab-kvartirasiga “Negreyra işi” böyiça hisobot taqdim etib, “Barselona”dan 23 ta sovrin olib qöyilişini talab qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing