La Liga Mbappe sabab 400 mln yevro yöqotişi mumkin
Sport
−
18:56 382 1 daqiqa
Ispaniya çempionati – La Liga Kilian Mbappe bilan boğliq mojaro sababli Xitoy bozorida 400 million yevrogaça zarar körişi mumkin. Bu haqda “Vozpopuli” naşri xabar berdi.
Mojaroga “Real Madrid” hujumçisi Mbappening intervyuda internet memi qahramonini “xitoylik diktator” deb atagani sabab bölgan. Mazkur memda futbolçining yuzi Xitoyning sobiq rahbari Mao Szedun surati ustiga qöyilgan edi.
Hodisadan söng Xitoy davlat telekanali – CCTV Ispaniya çempionati uçraşuvlari translyatsiyalarini töxtatdi. Vaziyatni hal qiliş va ehtimoliy moliyaviy yöqotişlarning oldini oliş maqsadida La Liga rahbariyati “Real Madrid” bilan şoşilinç muzokaralarni boşlagan.
Ma’lumotlarga köra, La Liganing Xitoy bozoridagi tijoriy faoliyati 400 million yevroga baholanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Taşqi işlar vazirligi Kilian Mbappening Mao Szedun haqidagi sözlari uçun uzr söraganini e’tiborga olganligini ma’lum qilgandi. Biroq bu holat futbolçiga nisbatan boykotning yumşatilişiga olib kelişi noma’lum. https://qalampir.uz/news/mbappening-uzrini-e-tiborga-olamiz-khitoy-tiv-145357
Live
Barchasi27 Oktyabr