Yaqin kunlarda Rossiyadan 8,5 mingga yaqin fuqaro poyezdlarda olib kelinadi

Jamiyat

image

Rossiyaning Volgograd viloyati Voljskiy shahridan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Voljskiy – Toshkent yo‘nalishida poyezdlar soni to‘qqiztaga yetkazilib, joriy yil oktyabr oxiri va noyabr boshida 8,5 mingga yaqin o‘zbekistonlikni olib kelish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Voljskiy temir yo‘llari kompaniyasi xabar bermoqda.

Poyezdlar “Voljskiy” bekatidan 22, 23, 25, 26, 28, 29, 31 oktyabr hamda 1 va 2 noyabr kunlari Voljskiy – Toshkent yo‘nalishida Rossiya vaqti bilan soat 21:57 da qatnovni boshlaydi.

Har bir poyezd tarkibida 938 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan 20 tadan vagon bo‘lib, ular Rossiya hududi bo‘ylab to‘xtamasdan harakat qiladi. Chiptalar sotuvda mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant o'zbekistonlik

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing