Yaqin besh yil Yerdagi eng jazirama davr bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download
Kislorod yetishmasligini his qilishsin – Qodirov vaksinatsiyadan bosh tortganlarga tahdid qildi north_east

Kislorod yetishmasligini his qilishsin – Qodirov vaksinatsiyadan bosh tortganlarga tahdid qildi

Meteorologlarga ko‘ra, yaqin besh yil ichida rekord darajadagi issiq yil bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon meteorologiya tashkiloti tomonidan e’lon qilingan hisobotda aytilgan.  

Tashkilotning fikriga ko‘ra, 2021 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan kamida bir yil 90 foiz “eng issiq yil” bo‘lish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, ushbu intervalning har bir yilida quruqlikdagi o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan davr ko‘rsatkichlaridan kamida 1 darajaga oshadi. 

“Haroratning ko‘tarilishi issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va uglerod neytralligiga erishish majburiyatini tezlashtirish kerakligini yana bir bor eslatmoqda”, degan Butunjahon meteorologiya tashkiloti Bosh kotibi Petteri Taalas. 

Avvalroq, maymunlardagi chechak kasalligi dunyoda yangi epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

BMT issiq

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing