Yaqin 10-15 yil ichida Ukrainani alyansga qo‘shishning iloji yo‘q — NATO 

Olam

image
NATO alyansga qo‘shilish uchun Ukrainadan nimalarni talab qilmoqda?  north_east

NATO alyansga qo‘shilish uchun Ukrainadan nimalarni talab qilmoqda? 

NATO yaqin 10-15 yil ichida Ukrainani Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shmoqchi emas. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.  

Manbaga ko‘ra, alyans Ukraina bilan hamkorlik qilishga qat’iy qaror qilgan, ammo tashkilot a’zolari mamlakatni o‘z saflariga qabul qilmoqchi emaslar, chunki bunday qaror Rossiya bilan munosabatlarning jiddiy yomonlashishiga olib kelishi mumkin. 

“Qiyinchilik hattoki hal qilinmagan hududiy muammolarda ham emas, balki NATOda AQSHdan boshqa hech kim Rossiya Federatsiyasi bilan bunday ochiq eskalatsiyaga borishni istamasligidadir”, deyilgan xabarda. 

Shuningdek, manba suhbatdoshi Gruziya alyansga a’zo bo‘lish uchun Chernogoriyaga qaraganda ancha tayyor ekanligini ta’kidlagan. 

“Ammo u ham Ukraina bilan bir xil sabablarga ko‘ra NATOga qabul qilinmaydi”, deya qo‘shimcha qilingan manbada. 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini nima belgilab berishini ma’lum qilgandi. Oq uy rahbari Ukraina alyansni unga a’zo bo‘lish uchun loyiq ekaniga ishontirishi, buning uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishi kerakligini aytgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Ukraina NATOning to‘liq a’zosiga aylanish harakatida bo‘lsa-da, buni amalga oshirish har qachongidan ham qiyin. Shunga qaramasdan, Ukraina harbiy-siyosiy blok safiga qo‘shilish yo‘lida bir nechta qadamni bosib o‘tgan. 

Xususan, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “NATO-Ukraina Komissiyasi homiyligida 2020 yilga mo‘ljallangan yillik milliy dastur to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan bo‘lsa, o‘sha yilning o‘zida NATO Ukrainaga kengaytirilgan imkoniyatlarga ega sheriklik maqomini taqdim qilgan. Bundan tashqari, NATO Ukraina harbiylarini tayyorgarlikdan o‘tkazishda yordam berib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing