NATO alyansga qo‘shilish uchun Ukrainadan nimalarni talab qilmoqda? 

Olam

image
0:00
0:00
download
Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi shartlarini aytdi  north_east

Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi shartlarini aytdi 

Ukraina NATOga a’zo bo‘lish uchun mamlakatda korrupsiyaga qarshi ko‘proq choralar ko‘rishi kerak. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bir guruh harbiy kuzatuvchilar bilan uchrashuv paytida aytib o‘tdi.  

Stoltenberg Ukraina hozirda alyansga a’zo bo‘lish uchun nomzod mamlakat ekanligini tushuntirgan. Ta’kidlanishicha, u NATOga qo‘shilish uchun tashkilotga a’zo barcha 30 mamlakatning roziligini olishi kerak. 

“Biz axloqiy asoslarni mustahkamlash uchun turli xil dasturlarga egamiz, ular, asosan, islohotlar doirasida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan. Ukraina bu boradagi ishlarni allaqachon boshlagan, ammo bizga ko‘proq narsa kerak. Ularni to‘liq amalga oshirish uchun ko‘proq harakat qilishimiz lozim”, degan NATO Bosh kotibi. 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi shartlarini ma’lum qilgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Ukraina NATOning to‘liq a’zosiga aylanish harakatida bo‘lsa-da, buni amalga oshirish har qachongidan ham qiyin. Shunga qaramasdan, Ukraina harbiy-siyosiy blok safiga qo‘shilish yo‘lida bir nechta qadamni bosib o‘tgan. 

Xususan, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “NATO-Ukraina Komissiyasi homiyligida 2020 yilga mo‘ljallangan yillik milliy dastur to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan bo‘lsa, o‘sha yilning o‘zida NATO Ukrainaga kengaytirilgan imkoniyatlarga ega sheriklik maqomini taqdim qilgan. Bundan tashqari, NATO Ukraina harbiylarini tayyorgarlikdan o‘tkazishda yordam berib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina

Baholaganlar

137

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing