Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi shartlarini aytdi 

Olam

image
0:00
0:00
download
NATO sammitida ilk bor qatnashgan Bayden qanday kutib olindi?  north_east

NATO sammitida ilk bor qatnashgan Bayden qanday kutib olindi? 

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini nima belgilab berishini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.  

Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, Ukraina alyansni unga a’zo bo‘lish uchun loyiq ekaniga ishontirishi, buning uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishi kerak. Birinchi shartni u mamlakatda korrupsiyadan xalos bo‘lish deb atab, bunga Ukraina hududidagi harbiy harakatlar to‘siq bo‘la olmasligini ta’kidlagan. 

“Gap shundaki, ular hali ham korrupsiyadan xalos bo‘lmagan. Gap shundaki, harakatlar rejasini qo‘lga kiritish uchun boshqa mezonlarga javob berish kerak”, degan Bayden. 

Bayden bundan bir necha yil oldin, u AQSH vitse-prezidenti lavozimida bo‘lganida, Ukrainani oligarxlar tomonidan boshqarilmaydigan demokratik mamlakatga aylantirish imkoniyati borligi haqida fikr bildirganini eslatgan. Ta’kidlanishicha, AQSH Ukrainaga “jismoniy xavfsizlikni ta’minlashi” uchun harbiy yordam berishda davom etadi. 

Avvalroq, AQSH Ukrainaga xavfsizlik uchun 150 million dollarlik yangi yordam paketi ajratgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Ukrainaga joriy yilning mart oyida ham 125 million dollar miqdorida yordam bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Bayden

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing