Yadro urushi endi tahdid emas – Guterrish
Olam
−
23 yanvar
52152025 yilda insoniyat yadro urushidan tashqari iqlim o‘zgarishi va sun’iy intellektning (AI) nazoratsiz rivojlanishi kabi tahdidlarga duch kelmoqda. Bu haqda kecha, 22 yanvar kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida gapirdi.
Qayd etilishicha, Guterrish forumning yillik yig‘ilishida nutq so‘zlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo borgan sari boshqarib bo‘lmaydigan holga yetib kelmoqda. Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik esa borgan sari yo‘qolib bormoqda.
“Yadro urushi endi yagona tahdid emas”, degan Guterrish.
Qolaversa, Bosh kotib insoniyatning qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramligini “hech kimni ayamaydigan Frankenshteyn yirtqich hayvoni” deb atagan. U shuningdek, neft va gaz tashiladigan dunyodagi eng yirik 13 ta port suv ostida qolishi mumkinligiga e’tibor qaratgan.
Bosh kotibning qo‘shimcha qilishicha, ayrim kompaniyalar va moliya institutlari iqlim bo‘yicha o‘z majburiyatlaridan voz kechmoqda.
“Bu uzoqni ko‘ra olmaslik, xudbinlik va bundan ham katta muammolarga olib keladi. Siz tarix, ilm-fan va iste’molchilarning barqarorlik istaklariga qarshi chiqyapsiz”, degan Bosh kotib.
Shuningdek, u jahon yetakchilarini Braziliyada BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP30) ochilgunga qadar yangi milliy iqlim rejalarini tayyorlash bo‘yicha va’dalarini bajarishga chaqirgan.
Guterrishning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt ham katta salohiyat, ham jiddiy tahdiddir.
“Bir tomondan, u allaqachon ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda. Boshqa tomondan, tegishli nazoratsiz sun’iy intellekt iqtisodlarni yo‘q qilish, institutlarga ishonchni susaytirish va tengsizlikni kuchaytirish imkoniyatiga ega”, degan u.
Bosh kotib raqamli texnologiyalardan insoniyat farovonligi uchun foydalanish va raqamli tafovutni kamaytirish rejalarini taklif qiluvchi global raqamli kelishuvni eslatgan.
Guterrishning aytishicha, jahon yetakchilari BMT Xavfsizlik Kengashi kabi xalqaro institutlar va moliyaviy tizimni isloh qilishlari zarur, ular zamonaviy muammolarga dosh bera oladi. Biroq, buning uchun siyosiy iroda kerak, uning fikricha, bu hali ham zaif.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guterrish 27 yanvargacha Isroil qo‘shinlarini Livan janubidan olib chiqishga va’da bergandi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlarining olib chiqilishi va Livan armiyasining qo‘shma chegaraga joylashtirilishi tinchlikning yangi sahifasini ochadi.
LiveBarchasi