Guterrish 27 yanvargacha Isroil qo‘shinlarini Livan janubidan olib chiqishga va’da berdi

Olam

image

Isroil qo‘shinlarining olib chiqilishi va Livan armiyasining qo‘shma chegaraga joylashtirilishi tinchlikning yangi sahifasini ochadi. Bu haqda Bayrutda respublika Prezidenti Jozef Aun bilan muzokara o‘tkazgan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

"Biz sulh bitimida ko‘rsatilgan muddat – 27 yanvargacha Isroil qo‘shinlarining Livan janubidan xavfsiz olib chiqilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz", deb ta’kidladi Guterrish.

U xalqaro hamjamiyatni "Livanga har qanday yordam ko‘rsatish uchun" safarbar qilishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Prezident Aunni respublika rahbari etib saylangani bilan tabriklaganini va “Livanning qattiq jabrlangan xalqi bilan” birdamligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “respublikaning bo‘lajak hukumati davlat institutlarini mustahkamlash va mamlakatni qayta tiklash yo‘lida ishlash uchun noyob imkoniyatga ega”.

"Men livanliklarning ajoyib dinamizm, katta chidamlilik va jasoratga ega ekanligini bilaman va ular yana Livanni Yaqin Sharqning muhim markaziga aylantira olishlariga ishonaman", dedi u.

O‘z navbatida, Jozef Aun “BMTning Livandagi muvaqqat kuchlarining o‘z pozitsiyalariga qarshi hujumlarga chidamliligini” olqishladi hamda tinchlikparvar kuchlar va Livan armiyasi o‘rtasida to‘liq muvofiqlashtirish mavjudligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga qaramay, quruqlik va havo amaliyotlarining davom etishi va ayniqsa, Isroil harbiylari tomonidan chegaradagi qishloqlarning vayron qilinishi Livan suvereniteti va xalqaro hamjamiyat irodasiga ziddir”.

60 kunlik sulh bitimi 2024 yil 27 noyabrda kuchga kirganidan beri Isroil havo kuchlari Livan hududidagi yuzlab nishonlarga zarba berdi. 49 kishi halok bo‘ldi, ammo mahalliy hukumat ular orasida tinch aholi bor-yo‘qligiga aniqlik kiritmadi. O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv UNIFIL ko‘magida Livan armiyasini janubiy chegara bo‘ylab joylashtirishni va “Hizbulloh” qurolli tuzilmalarini Litani daryosidan tashqariga olib chiqishni nazarda tutadi.

O‘z navbatida, Isroil 60 kun ichida quruqlikdagi operatsiya o‘tkazayotgan Livan janubidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing