Yahudiylar yana Al-Aqsoga kirdi. Isroil va’da berdi

Olam

image

Aqidaparast yahudiylar Isroil politsiyasi hamrohligida islom ziyoratgohi – bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududiga bostirib kirib, musulmonlarni gij-gijlashda davom etmoqda. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

“Chorshanba kuni yana aqidaparastlar - ketma-ket to‘rtinchi kun - Isroil politsiyasi falastinlik namoyishchilarni tarqatib yuborganidan so‘ng, “Mag‘rib” darvozasi orqali Islom ziyoratgohi majmuasi hududiga kirishdi”, deyiladi xabarda.

Bunga javoban bir guruh falastinlik ayollar Isroil xavfsizlik kuchlarining harakatlariga qarshi o‘tirib namoyish uyushtirgan.

Aqidaparast yahudiylarning islomiy ziyoratgohga qarshi provokatsiyalari 15 aprelda boshlangan va bir hafta davom etadigan yahudiylarning Pesax bayramida tez-tez takrorlanmoqda.

Ayni paytda Isroil rasmiylari aqidaparast yahudiy ko‘chmanchilarning juma kunidan Ramazon oyining oxirgi kunigacha Al-Aqso masjidiga tashrif buyurishiga ruxsat bermasligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bunga Isroil politsiyasining muqaddas ziyoratgoh hududiga bostirib kirishi sabab bo‘ldi.

Hozirgacha Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Iroq, Liviya, Iordaniya va Turkiya Isroil kuchlarining Al-Aqsoga kiritganini qoralab chiqdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qilib, Al-Aqso atrofidagi hodisalarga qarshilik ko‘rsatishini bildirdi.

18 aprel kuni esa yahudiy aqidaparastlar Isroil politsiyasi hamrohligida yana musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi hududiga kirdi. Falastinliklarning qarshilik ko‘rsatishi ortidan politsiya ularni kaltaklab, hibsga oldi.

Ma’lumot uchun, Quddusdagi “Al-Aqso” masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi.

Mutaassib yahudiylar ziyoratgoh shoh Sulaymon maqbarasi vayronalari o‘rnida barpo etilgan deb, masjid hududiga tez-tez bostirib kiradi.

Isroil va Iordaniya o‘rtasida 1994 yilda tuzilgan kelishuvga binoan “Al-Aqso” masjidi Quddus Islom jamg‘armalari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.

Biroq, 2003 yildan beri yahudiylar ma’muriyat ruxsatini e’tiborga olmay, Isroilning bir tomonlama qarori bilan politsiya hamrohligida ziyoratga bostirib kirishni boshladi. Islom jamg‘armalari boshqarmasi bunday harakatlar musulmonlar suverenitetining buzilishi ekanini ta’kidlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso

Baholaganlar

471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing