YHXBB “sirli BMW” haqida rasmiy izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqami 01 088 UMO bo‘lgan BMW rusumli avtomobil surati tarqaldi. Mashinaning raqamlari (asosan, UMO harflari) internet foydalanuvchilarning e’tibori tortdi. IIV YHXBB Axborot xizmati maxkur holatga rasmiy izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, UMO seriyali xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilari ham shu tartibda belgilangan to‘lovlar (bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari, 33 mln 450 ming so‘m) asosida buyurtmaga muvofiq o‘rnatilgan tartibda transport vositalariga rasmiylashtirib berilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq buyurtma asosida avtotransport vositalari uchun oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini rasmiylashtirish tartibi  ko‘rsatilgan”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini hududiy YHXBlarga topshirish oddiy davlat raqami belgilarini topshirish bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi.

Avtomobil kimga tegishli ekanligi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.


Maqola muallifi

Teglar

BMW

Baholaganlar

1596

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing