Xiaomi’ning yangi smartfoni xususiyatlari ma’lum bo‘ldi
Texnologiya
−
18 may 2021
10167Xiaomi’ga tegishli Redmi brendi ishlab chiqargan POCO M3 Pro smartfoni bilan bog‘liq yangiliklar e’lon qilindi. Tegishli ma’lumotlar kompaniyaning Twitter’dagi sahifasiga joylashtirildi.
Ta’kidlanishicha, qurilma uch karra orqa kameraga ega bo‘ladi. Asosiy modulning o‘lchamlari 48 MP bo‘lishi kutilmoqda, qolgan ikkitasining parametrlari haqida ma’lumot berilmagan.
Shuningdek, qurilma korpusining qalinligi 8,92 mm, og‘irligi 190 g bo‘lishi kutilmoqda. Yangi smartfon ekrani 6,5 dyuym, batareyasining sig‘imi 5000 mA/s bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, smartfon Snapdragon 700 oilasining protsessoriga ham ega bo‘ladi.
Xabarga ko‘ra, smartfon ertaga, 19 may kuni omma e’tiboriga taqdim etiladi. Qurilmaning narxi oshkor qilinmagan, lekin u hamyonbop bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi