Apple’ga o‘xshash: Xiaomi egalariga tashqi manbalardan ilovalar o‘rnatish taqiqlanishi kutilmoqda 

Texnologiya

image

Xiaomi kompaniyasi MIUI Pure Mode funksiyasini sinovdan o‘tkaza boshladi, bu tashqi manbalardan ilovalar o‘rnatishni taqiqlaydi. Bu haqda “ITHome” xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, Xiaomi va Google’dan boshqa manbalarda ilovalar o‘rnatilishini istisno qilish uchun Xiaomi o‘z smartfonlarida bu funksiyani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 

Xiaomi Android operatsion tizimining ochiqligi tufayli foydalanuvchilar osonlikcha xakerlar hujumiga tushib qolishi mumkin, deb hisoblaydi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Xiaomi smartfonlari foydalanuvchilari o‘rnatgan ilovalarning 40 foizi hech qachon xavfsizlik tekshiruvidan o‘tmagan. Bundan tashqari, ularning 10 foizi potensial xavfli hisoblanadi. 

Hozirgi vaqtda funksiya MIUI 12.5 ning xitoycha versiyasida sinovdan o‘tkazila boshlangan. Kompaniya tez orada bortida MIUI Pure Mode bilan global dasturiy ta’minotni tarqatishni rejalashtirmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Apple kompaniyasi smartfonlarida faqat App Store ilovalar platformasi orqali dasturlar o‘rnatish mumkin. 

Avvalroq, Xiaomi’ning kelajakdagi mahsulotlari Mi brendi ostida chiqmasligi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Xiaomi

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing