Xiaomi ikkita “ko‘zi o‘tkir” smartfonini namoyish qildi

Texnologiya

image

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi Mi 10 va Mi 10 Pro flagman qurilmalari namoyishini o‘tkazdi. Har ikki model ham 2 340x1 080 piksel imkoniyatga ega 6,67 dyumli ekran bilan jihozlangan.

Uskuna 5G aloqani qo‘llab-quvvatlaydi va yangi formatdagi LPDDR5 tezkor xotiraga ega (ichki tuzilmadan kelib chiqib 8 yoki 12 GB).

Mi 10 flagmani 108 Mp’da ishlaydigan bosh modul va 13 Mp keng burchakli kameralarga ega. 8K imkoniyatli video olish mumkin. Mi 10 Pro’da keng burchakli ob’ektiv 20 megapikselli, bosh modul bir xil — 108 Mp.

Shu bilan birga, katta modelda 12 va 8 megapiksel imkoniyatli ikki teleob’ektiv ham bor (50 marta raqamli va 10 marta gibrid yaqinlashtirish).

Mi 10 savdolari 14 fevraldan boshlanishi aytilgan, Mi 10 Pro esa 4 kun keyinroq sotuvga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xiaomi

Baholaganlar

307

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing