Xiaomi ilk bor jahon bozorida Apple’ni ortda qoldirdi 

Texnologiya

image

Xitoyning texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Xiaomi birinchi marta jahon telefon bozorida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Canalys analitik kompaniyasi hisobotida ma’lum qilingan.  

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, 2021 yilning ikkinchi choragida smartfonlarning global jo‘natmalari 12 foizga o‘sgan. 

“Samsung yetakchi ta’minotchi bo‘lib, sotilgan smartfonlarning 19 foizini egallagan. Xiaomi 17 foiz ulush bilan birinchi marta ikkinchi o‘rinni egallagan. Apple 14 foiz bilan uchinchi o‘rindan joy olgan”, deyilgan hisobotda. 

Belgilangan davrda Xitoy ishlab chiqaruvchisi savdosi 83 foizga o‘sgan, Apple uchun esa bu ko‘rsatkich 1 foizni tashkil etgan. Canalys mutaxassisi Ben Stentonning ta’kidlashicha, ayrim mintaqalarda yuklar uch baravar ko‘paygan. 

“Xiaomi hali ham ommaviy bozorga katta e’tibor qaratmoqda va Samsung hamda Apple bilan taqqoslaganda uning o‘rtacha narxi mos ravishda 40 foiz va 75 foiz past”, deya tushuntirgan mutaxassis. 

Stentonga ko‘ra, barcha ishlab chiqaruvchilar global tanqislik sharoitida komponentlarning ta’minotini qoplash uchun kurashmoqda. 

“Ammo Xiaomi allaqachon keyingi bosqichga — Samsung’ni surib chiqarib, dunyodagi eng yirik yetkazib beruvchiga aylanishga intilmoqda”, degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Apple Xiaomi

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing