Windows 7 ning bepul versiyasi chiqarilishi mumkin
Texnologiya
−
27 yanvar 2020
5002Dasturiy ta’minot fondi faollari Microsoft'dan Windows 7 ning bepul versiyasini chiqarishni talab qildi va tegishli bayonot hamda petitsiya tashkilotning veb-saytiga joylashtirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dasturiy ta’minot iste’molchilari eskirgan Windows'ni bepul qilishni taklif qildi, bundan Microsoft ham, foydalanuvchilar ham foyda ko‘radi. Faollar ommabop savdo operatsion tizimini ochiq manbali tizimga qayta formatlashni taklif qildi. Bayonotda aytilishicha, operatsion tizimni “o‘ldirish” emas, balki uni "qayta ishlashi uchun" harakat qilish yaxshiroq natija beradi.
Hujjatda kompaniya o‘z mijozlarining fikrlarini hurmat qilishlari va bu safar ham e’tiborsiz qoldirmasliklari so‘ralgan. Jamg‘arma petitsiyaga kamida 7777 imzoni to‘plashga umid qilmoqda.
So‘nggi yangilanishdan so‘ng Windows 7 foydalanuvchilarining ish stoli dizayni o‘zgarib qola boshlagan. Shunga o‘xshash xato odatda OS’ning qaroqchi versiyalaridan foydalanganda yuzaga keladi. Windows 7 ni rasmiy qo‘llab-quvvatlash 14 yanvar kuni yakunlandi.
LiveBarchasi