1 yanvardan ID-kartalar bepul bo‘ladi. Qozog‘istonda!

Olam

image

2026 yil 1 yanvardan boshlab Qozog‘istonda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta)lar birinchi marta berilganda hamda amal qilish muddati tugagach, almashtirilganda bepul beriladi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Keltirilishicha, 2026 yil 1 yanvardan Qozog‘istonda oylik hisoblash ko‘rsatkichi (OHK) 4325 tenge (8,3 AQSH dollari) ga ko‘tariladi. 2025 yilda u 3932 tenge (7,6 dollar)ni tashkil etgan edi. Ko‘pgina davlat xizmatlari va to‘lovlari OHKga bog‘liq bo‘lganligi sababli ba’zi hujjatlarni qayta ishlash xarajatlari 10% ga oshadi.

Ayni paytda, kattalar uchun pasport qiymati 8 AKI yoki 34 600 tenge (66,8 dollar), bolalar uchun esa 4 AKI yoki 17 300 tenge (33,4 dollar) turadi. Shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, masalan, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar ham 2026 yil 1 yanvardan boshlab bepul beriladi. Umuman olganda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning joriy narxi 0,2 AKI yoki 865 tenge (1,6 dollar) atrofida edi.

Shuningdek, Qozog‘iston pasporti global reytingda mustahkam o‘rin egallagan. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarolari 79 davlatga vizasiz tashrif buyurish imkoniga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda mahkumlar va qarzdorlarga pasport berish taqiqlangani haqida xabar berilgandi. Biometrik tizimlar va ma’lumotlar bazalari orqali xorijga chiqishi taqiqlangan shaxslar sifatida belgilanganlarga pasport berish avtomatik tarzda rad etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston pasport bepul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing