Hayit kuni jamoat transporti bepul xizmat ko‘rsatadi
Jamiyat
−
08 aprel
6784Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni (10 aprel) respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Bu qaror Vazirlar Mahkamasining Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishida qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon hayiti kuni Toshkent avtobuslari va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlashi aytilgan edi.
LiveBarchasi