Özbekistonda yagona transport platformasi joriy etilişi mumkin

Jamiyat

−

image

Özbekistonda 2028 yil 1 yanvardan temir yöl, havo, avtobus va şahar jamoat transporti qatnovlarini birlaştiruvçi “Bir yöl” yagona milliy raqamli transport platformasini joriy etiş taklif qilinmoqda. Bu haqda Transport vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qaror loyihasi söz boradi.

Loyihaga köra, platforma orqali yölovçilar turli transport yönalişlari, harakat jadvallari, çipta narxlari va böş örinlar haqida ma’lumot olişi mumkin böladi. Şu bilan birga, safarni “eşikdan eşikkaça” tamoyili asosida rejalaştiriş, yagona buyurtma va tölov orqali elektron çiptalar hamda transfer xizmatlarini rasmiylaştiriş imkoniyatini yaratiş közda tutilgan.

Yagona çipta tizimini joriy etiş böyiça dastlabki sinov loyihasini 2027 yil 1 iyuldan amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Xususan, Toşkent aeroporti — Urganç aeroporti — Xiva temir yöl vokzali yönalişida tizimni sinovdan ötkaziş taklif qilingan. Bundan taşqari, içki aviaqatnovlar jadvallarini özaro muvofiqlaştiriş ham rejalaştirilmoqda. Toşkent xalqaro aeroporti orqali boşqa hududlarga uçadigan yölovçilar uçun qulay boğlovçi reyslar taşkil etilişi mumkin.

Bunda bir reysning Toşkentga qönişi va keyingi reysning uçişi örtasidagi vaqtni aeroportning texnologik jarayonlari hamda aviatsiya xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda maqbullaştiriş nazarda tutilgan. Şuningdek, boğlovçi aviaqatnovlar uçun yagona elektron çipta rasmiylaştiriş, yölovçilarni yakuniy manzilgaça röyxatdan ötkaziş va bagajni oraliq aeroportda qayta qabul qilmasdan, yakuniy manzilga yetkaziş imkoniyatini yaratiş taklif etilgan.

Qaror loyihasida poyezdlar, samolyotlar va avtomobil transporti harakat jadvallarini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida qayta işlab çiqiş ham közda tutilgan. Xususan, avtobuslar harakatini poyezdlar va aviaqatnovlar jadvallariga muvofiqlaştiriş rejalaştirilmoqda.

Mazkur takliflar temir yöl, havo va avtomobil transportida mahalliy yölovçi taşuvlarini kompleks rivojlantiriş böyiça 2030 yilgaça möljallangan strategiyani tasdiqlaş töğrisidagi qaror loyihasidan örin olgan.

Hujjat 11 noyabrga qadar jamoatçilik muhokamasida böladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing