Xakerlar AQŞ Harbiy-havo kuçlarining yirik platformasini buzib kirdi

Olam

−

visibility859 timer3 daqiqa

image

Xakerlar AQŞ Harbiy-havo kuçlarining yirik bulutli hisoblaş platformasi – Cloud One’ga buzib kirdi. Hujum harbiy operatsiyalar, şaxsiy tarkib va logistika bilan boğliq katta hajmdagi maxfiy ma’lumotlarni xavf ostida qoldirgan. Bu haqda voqeadan xabardor manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Manbalarning aytişiça, tizimga ruxsatsiz kiriş holati sönggi bir oy içida, platformani yangilaş işlari davomida aniqlangan. Şundan söng Cloud One faoliyatida bir qator uzilişlar yuzaga kelgan. Hozirça xakerlarning kimligi, hujum kölami va biror ma’lumot öğirlangan-öğirlanmagani aniqlanmagan.

2017 yilda işga tuşirilgan Cloud One AQŞ Harbiy-havo kuçlarining axborot texnologiyalari bilan boğliq ehtiyojlarini yagona platformada birlaştiriş uçun yaratilgan. Microsoft, Amazon, Oracle va Alphabet kompaniyalari resurslaridan foydalanadigan tizim harbiy xizmatçilarning şaxsiy ma’lumotlari va maoşlarini boşqariş, logistika hamda texnik xizmat körsatiş kabi yönalişlarda işlatiladi.

Platformadagi dasturlardan biri Şimoliy Amerika böylab havo hujumidan mudofaa radarlaridan keladigan ma’lumotlarni birlaştiradi. Yana bir tizim esa AQŞ Harbiy-havo kuçlarining dunyo böylab 200 dan ortiq manzilidagi bomba va raketalarni kuzatib boradi.

Hujum aniqlanganidan keyin platformadagi bir qator işlar töxtatilgan. Xususan, boşqa harbiy ilovalarni Cloud One’ga köçiriş jarayoni töxtatib qöyilgan, platformada işlayotgan dasturlarni yangilaş ham bloklangan. Oqibatda Harbiy-havo kuçlari xodimlari ilovalardagi nosozliklarni bartaraf etiş uçun zarur tuzatişlarni kirita olmay qolgan. Ayrim foydalanuvçilarning administrator huquqlari ham bekor qilingan.

“Reuters” manbalaridan birining aytişiça, xakerlar dasturiy ta’minotdagi zaiflikdan foydalanib, tizimning boşqaruv qatlamiga kirgan. Bu qatlamga kiriş nazariy jihatdan harbiy samolyotlarning işlaş holati yoki ehtiyot qismlar harakatini kuzatiş imkonini berişi mumkin. Biroq xakerlar bunday ma’lumotlarga kirgan-kirmagani noma’lum.

Hujum oqibatlarini baholaş uçun AQŞ armiyasining kiberxavfsizlik böyiça maxsus tuzilmasi – Cyber Command ham tekşiruvga jalb qilingan.

Ma’lumotlarga köra, Cloud One AQŞ harbiylarining eng yirik bulutli platformalaridan biri hisoblanadi. Tizim 2026 yilgaça SAIC kompaniyasi tomonidan boşqarilgan, keyinçalik bu vazifani Leidos kompaniyasi öz zimmasiga olgan.

Mazkur hujum AQŞ hukumatiga qarşi sönggi vaqtlarda oşkor bölgan boşqa kiberhujumlar ortdan yuz berdi. Ular orasida Federal tergov byurosi bilan boğliq ikkita hodisa, Pentagon ma’lumotlariga qilingan hujum, Içki xavfsizlik vazirligi xodimlariga oid ma’lumotlarning sizib çiqişi, kamida ikkita razvedka idorasiga ta’sir qilgan kiberhujum hamda Moliya vazirligi tizimiga buzib kiriş holati bor.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞdagi bir qator yirik banklar mijozlari hisobvaraqlaridagi mablağlarni köriş va pul ötkazmalarini amalga oşirişda muammolarga duç kelgan edi. Nosozliklar JPMorgan Chase, Bank of America, Wells Fargo, Capital One va Citibank xizmatlariga, şuningdek, Zelle pul ötkazmalari tizimiga ta’sir körsatgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing