SAFE Service’dan ma’lumotlar sizdirilganmi? Tekşiruv boşlandi

Jamiyat

−

image

SAFE Service (avvalgi Safe Road) platformasiga aloqador fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlari tarqalgani haqidagi xabarlar yuzasidan tekşiruv boşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi, Içki işlar vazirligi hamda “AUTODOC” MÇJ mas’ullari hamkorlikda holatni örganmoqda.

Örganiş davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning haqqoniyligi, oşkor bölgani aytilayotgan ma’lumotlarning kelib çiqiş manbalari va tarqaliş holatlari tekşirilmoqda.

Şuningdek, SAFE Service platformasi hamda boşqa tegişli axborot tizimlari va elektron platformalarda şaxsga doir ma’lumotlar sizib çiqqan yoki çiqmaganiga aniqlik kiritilmoqda.

Qayd etilişiça, SAFE Service platformasi avval “Safe Road” nomi bilan faoliyat yuritgan. Uni “AUTODOC” MÇJ işlab çiqqan va operatorlik qiladi.

Örganiş işlari yakunlangaç, aniqlangan holatlar, şuningdek, tarqalgan xabarlar tasdiqlanmagan taqdirda, ularning kelib çiqiş sabablari va manbalari yuzasidan qöşimça rasmiy axborot berilişi bildirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Safe Road ilovasi foydalanuvçilarining şaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani va Telegram’dagi OSINT botlarida sotuvga çiqarilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Kompaniya esa bu iddaolarga javoban rasmiy munosabat bildirib, ma’lumotlar tarqalib ketganini rad etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing