BAAdagi yirik YTH oqibatida 14 kişi halok böldi (video)

Olam

−

image

Birlaşgan Arab Amirliklarining Fujayra amirligida 23 ta transport vositasi iştirokida yirik yöl-transport hodisasi sodir böldi. Oqibatda 14 kişi halok böldi, yana 30 nafar fuqaro jarohatlandi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa joriy yilning 11 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda, amirlikka kiriş qismida yuz bergan. Yuk maşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotib, boşqa transport vositasi bilan töqnaşgan. Oqibatda har ikki maşina yöldan çiqib ketib, tirbandlik sabab töxtab turgan bir neçta avtomobillarga urilgan.

Töqnaşuvdan keyin yuk maşinasida yonğin çiqqan va alanga boşqa bir neçta transport vositasiga ham tarqalgan.

BAA Içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, jarohatlanganlarning 15 nafari tibbiy yordam olgaç, şifoxonadan çiqarilgan. Qolgan 15 kişi davolanişni davom ettirmoqda.

Halok bölganlar orasida BAA fuqarolari va bir neçta xorijlik bor. Ularning şaxsini aniqlaş uçun DNK ekspertizasi ötkazilmoqda.

Jarohatlanganlar orasida BAA, Ummon, Hindiston, Braziliya, Pokiston, Iordaniya va Misr fuqarolari bor.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Sonnam şahrida yölovçi avtobusi svetoforda töxtab turgan 32 ta transport vositasiga urilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing