Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilmoqda

Olam

image

Saudiya Arabistonining Makka shahrida qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xalqni Ramazon hayiti bilan tabriklash asnosida ma’lum qildi.

O‘rinbekov mamlakat rahbari Sadir Japarov ko‘magida Makka shahrida tahsil olayotgan va ziyorat qilayotgan Qirg‘iziston fuqarolari bepul foydalanishi mumkin bo‘lgan mehmonxona qurilishi boshlanganini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, qirg‘izistonliklar uchun 2024 yilda haj ziyorati narxi taxminan 3 ming 750 dollarni, kvota esa 6 ming 60 kishini tashkil qilgan. O‘tgan yili haj narxi taxminan 3,9 ming dollar bo‘lgan. 2022 yilda esa 4,5 ming dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda o‘zbekistonliklar uchun “Haj-2023” mavsumida 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 68 million 760 ming so‘m etib belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Makka mehmonxona bepul qirg'izistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing