Windows 7'da yana muammolar ko‘paymoqda

Texnologiya

image
Windows 7 ning bepul versiyasi chiqarilishi mumkin north_east

Windows 7 ning bepul versiyasi chiqarilishi mumkin

Windows 7 operatsion tizimi foydalanuvchilari kompyuterni o‘chirish yoki qayta ishga tushirish paytida yuzaga kelayotgan muammolar haqida shikoyat qildi. Ular “Reddit” portaliga operatsion tizimdagi nosozliklar haqida xabar berdi.

Unga ko‘ra, tizimni o‘chirish yoki qayta ishga tushirish paytida oynada "Sizda bu kompyuterni o‘chirishga ruxsat yo‘q" degan yozuv paydo bo‘lgan.

Izohlarda foydalanuvchilar bundan qanday qutulish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Ma’lumot uchun, Microsoft Windows 7 operatsion tizimida qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. OT o‘rnatilgan kompyuterlar ishlashda davom etadi, ammo Microsoft endi texnik yordam ko‘rsatmaydi va yangilanishlarni chiqarmaydi. Kompaniya Windows 7 foydalanuvchilariga OneDrive bulut xizmati yordamida fayllar va rasmlarning nusxalarini yaratishni va Windows 10'ga yangilashni tavsiya qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Microsoft Windows 7

Baholaganlar

93

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing