WBC Rufat Risqiyev va Muhammadqodir Abdullayevni taqdirladi

Sport

image

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da professional boks oqshomi tashkil etiladi. Bugun, 15 noyabr kuni mazkur jang kechasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Butunjahon boks ittifoqi (WBC) prezidenti Maurisio Sulaymon, tashkilotning boshqa rasmiylari, WBC'ning yillik 61-Konvensiyasida ishtirok etish uchun ayni kunlarda Toshkentda bo‘lib turgan bir qator boks afsonalari, O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi rasmiylari, o‘zbekistonlik profbokschilar va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Anjuman avvalida WBC prezidenti Maurisio Sulaymon o‘zbekistonlik boks afsonasi Rufat Risqiyevga WBC'ning maxsus medalini topshirdi va o‘z tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, o‘zining 50 yoshini nishonlayotgan yana bir o‘zbekistonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayevga to‘n kiydirildi.


Maqola muallifi

Teglar

WBC Rufat Risqiev Maurisio Sulaymon Muhammadqodir Abdullaev matbuot anjumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing