WBA kamariga da’vogar o‘zbekistonlik bokschining jang sanasi aniq bo‘ldi
Sport
−
11 dekabr 2023 8539 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatovning Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun amerikalik Raymon Fordga qarshi jangi kelgusi yili mart oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda WBA sahifasida ma’lum qildi.
Ushbu jang 2 mart kuni o‘tkaziladi. To‘qnashuvga AQSHning Nyu-York shtati, Verona shahri mezbonlik qiladi.
Jangni Amerikaning mashhur promouterlik kompaniyasi “Top Rank” tashkil qiladi. “Top Rank” promouterlik savdosida 317,5 ming AQSH dollari evaziga g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, Otabek Xolmatov profboksdagi barcha – 11 ta jangida g‘alaba qozongan. U 11 ta jangining 10 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Chempion amerikalik Raymond Ford esa 14 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan 7 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr