Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

Otabek Xolmatov filippinlik raqibini nokautga uchratdi (video)

Sport

image

Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik sportchi Otabek Xolmatov bugun, 5 aprel kuni Qozog‘istonda tashkil etilgan boks oqshomida filippinlik Jeyson Manigosga qarshi ringga ko‘tarildi va jang yakuniga bir daqiqa qolganida texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

8 raundga mo‘ljallangan jang deyarli to‘liq davom etdi. Jang yakuniga 1 daqiqa qolganida Otabek Xolmatov raqibini zarbalar yomg‘iri bilan siyladi. Hakam esa texnik mag‘lubiyat qayd etdi. 

Qayd etish joiz, Xolmatov jang davomida ikkinchi va to‘rtinchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Bu esa o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, 29 yoshli Otabek Xolmatov professional faoliyati davomida o‘zining 13-g‘alabasini tantana qildi. U karerasida bir martagina mag‘lub bo‘lgan. Bu ham bo‘lsa Raymond Fordga qarshi jangda sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Professional boks Otabek Xolmatov Jeyson Manigos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing