Bugun Qozog‘istonda o‘zbek bokschilari ishtirokida profboks kechasi o‘tkaziladi

Sport

image

Bugun, 5 aprel kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida “Top Rank” va “Nomad” promouterlari hamkorlikda professional boks kechasini tashkil qiladi va musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ringga ko‘tariladi.

Super og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov 10 raundlik jangda ukrainalik Igor Shevadzutskiy bilan hisob-kitob qilib oladi.

Yarim yengil vazn toifasida Otabek Xolmatov 8 raundlik jangda filippinlik Jeyson Kano Manigosga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Jalolov profringda 14 marta ringga ko‘tarilib, barcha janglarida raqiblarini nokautga uchratgan bo‘lsa, 26 yoshli Xolmatov profringda 12-1 rekordga ega, u janglarining 11 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Bahodir Jalolov Otabek Xolmatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing