Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik WBA kamari uchun majburiy da’vogar Shahram G‘iyosov 12 aprel kuni argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, G‘iyosov shu yilning 12 aprel kuni Nyu-Jersida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Shahram G‘iyosov professional faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Okamponing hisobida 17 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat mavjud.

Qayd etish joiz, 12 aprel kuni Atlantik Siti shahrida tashkil etiladigan boks turnirining markaziy jangi yarim o‘rta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda IBF chempioni Jeyron Ennis o‘rtasida kechadi. G‘iyosov bo‘lajak jangida g‘alaba qozonsa, keyingi jangini aynan Ennis-Stanionis bahsi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 31 yoshli bokschining qizi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Professional boks WBA yarim o'rta vazn toifasi Franko Maksimiliano Okampo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing