Otabek Xolmatov filippinlik raqibini nokautga uchratdi (video)
Sport
−
05 aprel
8800Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik sportchi Otabek Xolmatov bugun, 5 aprel kuni Qozog‘istonda tashkil etilgan boks oqshomida filippinlik Jeyson Manigosga qarshi ringga ko‘tarildi va jang yakuniga bir daqiqa qolganida texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
8 raundga mo‘ljallangan jang deyarli to‘liq davom etdi. Jang yakuniga 1 daqiqa qolganida Otabek Xolmatov raqibini zarbalar yomg‘iri bilan siyladi. Hakam esa texnik mag‘lubiyat qayd etdi.
Qayd etish joiz, Xolmatov jang davomida ikkinchi va to‘rtinchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Bu esa o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, 29 yoshli Otabek Xolmatov professional faoliyati davomida o‘zining 13-g‘alabasini tantana qildi. U karerasida bir martagina mag‘lub bo‘lgan. Bu ham bo‘lsa Raymond Fordga qarshi jangda sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi