Otabek Xolmatov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
Sport
−
19 aprel
24613O‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamarining sobiq da’vogari Otabek Xolmatov jarrohlik stoliga yotdi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Xolmatov shu yil amerikalik Raymond Fordga qarshi WBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda alamli mag‘lubiyatga uchragandi. So‘nggi 12-raund yakunlanishiga 7 soniya qolganda amerikalik bokschi Xolmatovni texnik nokautga uchratgandi.
O‘sha jangdan keyin o‘zbekistonlik bokschining oyog‘ida jarohat borligi ma’lum bo‘lgandi.
“Meni professional shifokorlar operatsiya qildi. Qo‘llab-quvvatlab turgan barchadan minnatdorman. Hozir tezroq tiklanib, ringga qaytishni o‘ylayapman. Jahon chempioni bo‘lish uchun bor kuchimni berishga tayyorman”, deb yozgan Xolmatov.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Otabek Xolmatov profboksda o‘tkazgan 12 ta jangning 11 tasida g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi