Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Otabek Xolmatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Yarim yengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq da’vogar, o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov navbatdagi jangini 5 aprel kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xolmatov 5 aprel kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida “Top Rank” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida ishtirok etadi. Unga o‘sha kuni filippinlik bokschi Jeyson Kanoy raqiblik qiladi.

Otabek Xolmatov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi  north_east

Otabek Xolmatov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi 

Xolmatov mazkur jang uchun AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahrida Bektemir Meliqo‘ziyev, Murodjon Ahmadaliyev kabi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari bilan birga tayyorgarlik olib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Otabek Xolmatov faoliyati davomida 13 ta jang o‘tkazib, 12 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi jangini o‘tgan yilning mart oyida vakant bo‘lib turgan WBA kamari uchun Raymond Fordga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergandi. Kanoy hisobida esa 30 g‘alaba, 12 mag‘lubiyat va 2 ta durang bor.


Maqola muallifi

Teglar

WBA jang Otabek Xolmatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing