“Voy Xudoyim”. Rus tahdidi haqida gapirayotgan Trass gursillagan ovozdan qo‘rqib ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 26 iyul kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimiga nomzodlar Liz Trass va Rishi Sunak teledebatni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ularning efiri Tashqi ishlar vazirligi rahbarining Rossiya haqidagi so‘zlari bilan to‘xtab qoldi.

Trass va sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak o‘rtasidagi bahs TalkTV va “The Sun” gazetasi veb-saytida namoyish etilayotgandi. Buyuk Britaniya TIV rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin haqida gapira boshlaganda gursullagan ovoz eshitilgan. shunda Trass to‘xtab qolgan va "Voy, Xudoyim", deb baqirib yuborgan.

Vazir qo‘rqib ketgan, tomoshabinlar ogohlantirilib, jonli efir o‘rniga ekran pardasi namoyish qilingan. Keyinroq telekanal efir “tibbiy muammo” tufayli to‘xtatilganini ma’lum qilgan. Ikkala nomzod ham savollarga efir to‘xtatilgan vaziyatda javob berishgan.

TalkTV telekanaliga ko‘ra, boshlovchi Keyt Makkenning qulashi bilan debat to‘xtatilgan. Shifokorlar unga dasturni davom ettirmaslikni maslahat berishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Liz Trass

Baholaganlar

530

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing