Liz Trass Britaniya iqtisodiyoti uchun tahdid ekani aytildi
Olam
−
30 Sentabr 2022
10070Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass mamlakat iqtisodiyotiga xavf solmoqda. Bu haqda muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi rahbari Key Starmer “Sky News”nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Liz Trass iqtisodiyot uchun “xavf” va hukumatning ixcham byudjet borasidagi qadamidan so‘ng o‘z mavqeini yo‘qotdi”, deydi Starmer.
Siyosatchi hukumat rahbari va moliya kansleri Kvazi Kvartengni “qo‘llab-quvvatlash rejasi” uchun tanqid qilib, shundan so‘ng mamlakatda qator iqtisodiy muammolar boshlanganini aytgan. Shuningdek, u Trass vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotganini ta’kidlagan.
“Boylarga soliq imtiyozlari berish uchun ular bizning pullarimizni qimorga tikyapti”, deydi u.
Bundan tashqari, Starmer Liz Trass va Kvazi Kvartengni iste’foga chiqishga chaqirmasligini va bu ikkinchi darajali masala ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Liz Trass joriy yilning 6 sentyabr kuni Boris Jonson o‘rniga Britaniya Bosh vaziri etib tayinlandi. Marhum Qirolicha Yelizaveta II vafotidan oldin aynan Trassni lavozimga tayinlash vaqtida ommaga ko‘rinish bergandi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi