Vodiydagi metan “zapravka”lar 2 kun ishlamaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qurilgan yangi magistral gaz quvurini tarmoqqa ulash ishlari olib boriladi. Shu sababli Farg‘ona vodiysidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron-Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazilgan.

Ushbu yangi quvurni tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 5 sentyabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi.

“Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda ta’mirlash ishlari vaqtida (5-6 sentyabr kunlari) Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritiladi”, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, shuni hisobga olgan holda vodiy viloyatlari iste’molchilari uchun avtobenzin yoqilg‘isining sotuvga chiqarish hajmi oshiriladi. Ushbu qurilish-montaj ishlari davomida aholi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz quvuri Farg'ona vodiysi metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing